8 Iyul 2024, 08:58 •Oʻzbekiston
O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni qanchaga yetgani e’lon qilindi
Shuningdek, nafaqaxo‘rlarning hududlar kesimidagi soni haqida ma'lumot berildi.
O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4 million nafardan oshdi, deya xabar bermoqda Pensiya jamg‘armasi.
Qayd etilishicha, 2024-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasi hisobida turib pensiya oluvchi fuqarolar soni 4 million 8 ming 597 nafarni tashkil qilgan. 2024-yilning 1-may holatiga ular soni 3 million 998 ming 966 nafar bo‘lgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida 124 184 nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlangan. Shundan 102 610 nafar fuqaroga yoshga doir, 14 388 nafar fuqaroga nogironlik hamda 7186 ta oilaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan.
Pensiya oluvchilar soni hududlar kesimida quyidagicha:
- Farg‘ona viloyati – 473 337 nafar;
- Samarqand viloyati – 426 789 nafar;
- Andijon viloyati – 374 667 nafar;
- Toshkent shahar – 367 483 nafar;
- Toshkent viloyati – 365 544 nafar;
- Qashqadaryo viloyati – 357 362 nafar;
- Namangan viloyati – 313 241 nafar;
- Surxondaryo viloyati – 268 066 nafar;
- Buxoro viloyati – 253 604 nafar;
- Xorazm viloyati – 220 681 nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 215 679 nafar;
- Jizzax viloyati – 135 250 nafar;
- Navoiy viloyati – 134 829 nafar;
- Sirdaryo viloyati – 102 065 nafar.
Мавзуга оид хабарлар:
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini hisoblashning yangi tartibi tasdiqlandi O‘zbekistonda pensiya islohoti konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqiladi Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentyabr pensiyasi oldindan to‘lab beriladi IIO xodimlarining xizmat muddati uzaytirilgani haqidagi xabar rad etildi O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi
Soʻnggi yangiliklar
Surxondaryoda 2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan zapravka aniqlandi
27 Noyabr 2024, 19:22O‘zbekistonda hafta oxirida qor yog‘ishi mumkin
27 Noyabr 2024, 18:46O‘zbekistonning Chernogoriyadagi birinchi elchisi tayinlandi
27 Noyabr 2024, 18:04Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini hisoblashning yangi tartibi tasdiqlandi
27 Noyabr 2024, 17:28Namanganda sex 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
27 Noyabr 2024, 16:45Janubiy Farg‘ona kanaliga Damas avtomobili tushib ketdi
27 Noyabr 2024, 16:10Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlar jazoni o‘tashdan ozod qilindi
27 Noyabr 2024, 15:34Toshkentdagi ayrim avtobuslar harakati yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartiriladi
27 Noyabr 2024, 14:55