O‘zbekistonda onlayn kredit berish tartibi soddalashtiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev onlayn kredit berish tartibini soddalashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.

O‘zbekiston davlat banklari onlayn xizmatlarni rivojlantirish va aholi uchun jozibador moliyaviy mahsulotlarni yaratishda xususiy banklardan ortda qolmoqda. Bu haqda 7-fevral kuni xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
O‘tgan yili xususiy banklarda masofaviy xizmatlardan foydalanuvchilar soni 32 foizga oshgan bo‘lsa, davlat banklarida bu o‘sish atigi 13 foizni tashkil etdi.
Davlat rahbari masofaviy xizmatlar hajmini joriy yilda kamida 30 foizga oshirish muhimligini ta’kidladi.
Misol uchun, kadastr, soliq, adliya idoralarining bazasi banklar axborot tizimiga integratsiya qilinsa, garovga qo‘yilgan mulkni notariusga borib, taqiq qo‘yish amaliyoti bekor bo‘ladi, dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev mutasaddi idoralarga onlayn kredit olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlar rag‘batlantiriladi “Konvertda” oylik to‘layotgan tadbirkorlar ustidan nazorat kuchaytiriladi Toshkentda hokim yordamchisi fuqarolarning 635 mln so‘m kredit pullarini o‘zlashtirdi Mirziyoyev Trampni O‘zbekistonga taklif qildi Burj Xalifa O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi
Soʻnggi yangiliklar







