O‘zbekistonda ombudsmanga yangi huquq beriladi
Ombudsman lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablar soddalashtirilib, ayrim talablar bekor qilinmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 17-sentyabr kuni o‘zkazilgan majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.
Mazkur qonun loyihasi bilan ombudsman faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirib, uning inson huquq va erkinliklariga rioya etilishini ta’minlash borasidagi vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan mutlaqo yangi huquq — prezidentga, Oliy Majlis palatalariga, Vazirlar Mahkamasiga “maxsus ma’ruza” taqdim etish huquqi belgilab qo‘yilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan “muqobil ma’ruza” tayyorlashi hamda tegishli xalqaro tashkilotlarga taqdim etish mumkinligi belgilanmoqda.
Shu bilan birga, ombudsman lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablar soddalashtirilib, ayrim talablar (yuksak axloqiy sifatlarga, oliy ma’lumotga, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida zarur tajribaga ega bo‘lgan) bekor qilinmoqda.
Ombudsman ta’sir choralarining turlariga aniqlik kiritilgan holda, (ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma) alohida bobda, har bir ta’sir chorasi alohida-alohida moddada aks ettirilyapti.
Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) institutining inson huquqlari bo‘yicha milliy institut sifatidagi ahamiyatining oshishiga, uning huquqlari kengaytirilishiga va majburiyatlari aniqlashtirilishiga xizmat qiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda konsertlarning milliy an’analarga mosligi tekshirilishi mumkin “O‘zenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi O‘zbekistonda propiskaga qo‘yish bo‘yicha yagona tartib joriy etiladi O‘zbekistonda aholini ijtimoiy sug‘urtalash tizimini joriy etiladi Rossiyada mehnat qulligidan qochgan ayol O‘zbekistonga olib kelindi