11 Aprel 2025, 16:35 Oʻzbekiston

Oʻzbekistonda oltin yana qimmatlashdi

Bir gramm uchun narx tarixiy maksimumni yangiladi.

Oʻzbekistonda oltin yana qimmatlashdi

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi tarixiy maksimumni yangilab, bir gramm uchun 1 376 560 soʻmga yetdi, deyiladi Markaziy bank maʼlumotida.

Maʼlumotlarga koʻra, yangi rekord 11-aprel kuni qayd etilgan. Bir gramm oltinning narxi 3,28 foizga, pul ekvivalentida esa 43 780 soʻmga koʻtarilib, kunlik maksimum oʻsishni yangiladi.

Natijada 5 grammlik quymalar narxi 6,883 mln soʻmga yetib, 219 ming soʻmga qimmatlashdi. Oltin quymalarining qiymati 2025-yilning yanvar oyiga nisbatan 17,7% ga oshdi.

Mashhur yangiliklar