O‘zbekistonda “odob-axloq me’yorlariga mos kelmasligi” sababli Comedy Club taqiqlandi — SHOT
Konsert tashkilotchilarining aytishicha, bu dasturlarning “mamlakatning axloqiy me’yorlari”ga muvofiqligini tekshirish bo‘yicha birinchi holat emas.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi Comedy Club`ga “odob-axloq qoidalariga rioya qilmaslik” sababli konsert berishni taqiqladi, deb xabar bermoqda SHOT.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda Toshkentda “Musiqiy Comedy Club” shousini o‘tkazish rejalashtirilgan, biroq o‘sha paytda go‘yoki texnik sabablarga ko‘ra loyihani amalga oshirishning imkoni bo‘lmagan. Biroq O‘zbekiston konsert tashkilotchilarining aytishicha, Madaniyat vazirligi “shouda namoyish etilayotgan oila, er-xotin, erkak va ayol munosabatlari milliy ma’naviyatga zid ekani” haqida rasmiy xat yuborgan.
Shuningdek, ular bu konsert dasturini sinchkovlik bilan ko‘rib chiqish va uni “mamlakatning axloqiy me’yorlariga” moslashtirish uchun tuzatish so‘ralgan keng tarqalgan holat ekanligini aytishdi. O‘shandan beri bunday holat davom etmoqda, deydi tashkilotchilar. Xususan, 2025-yilda vazirlik Aleksey Shcherbakovning stend-apidan ba’zi hazillarni olib tashlashni so‘radi, shuningdek, T-Fest’ning ham konsertini bekor qildi.
Avvalroq konsert ssenariylarini “milliy qadriyatlar”ga muvofiqligini tekshirish taklif qilingani xabar qilingandi. Tegishli xulosasiz tadbirni o‘tkazishga ruxsat berilmaydi.
Izohlar