O‘zbekiston

O‘zbekistonda ob-havo keskin yomonlashadi: 27-may uchun prognoz

Ba’zi joylarda kuchli shamol bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda ob-havo keskin yomonlashadi: 27-may uchun prognoz

27-may kuni O‘zbekistonda havo soviydi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zonli kuchli shamol esishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 12-14 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Harorat kechasi 16-18°, kunduzi 23-25° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi;
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi;
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 26-31° bo‘ladi;
  • Toshkent viloyati, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 22-27° bo‘ladi;
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 27-32° bo‘ladi;
  • Farg‘ona vodiysida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 23-28° bo‘ladi;
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, ayrim tumanlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq kutilmoqda. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

Ilgari xabar berilganidek, O‘zbekiston aholisini salqin hafta kutmoqda. O‘zbekiston hududiga nam havo kirib kelishi davom etmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid