O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi oshgani maʼlum qilindi
Statistika agentligi O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi oshgani maʼlum qildi.

Respublikada nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi ko‘tarildi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 92 ming so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davrida 4 million 337 ming so‘m bo‘lgan.
Qayd etilishicha, yarim yil mobaynida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida (8,4 million so‘m), Navoiy (6,6 million so‘m), Toshkent (4,9 million so‘m), Andijon (4,4 million so‘m) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4,2 million so‘m) kuzatildi.
Olti oy davomida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori o‘sish surʼatlari Toshkent shahrida (20,2 foiz), Samarqand (18,2 foiz), Andijon (17,6 foiz), Farg‘ona (16,8 foiz) hamda Navoiy (16,2 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.
O‘rtacha oylik ish haqlari iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:
- Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati — 14,4 million so‘m;
- Axborot va aloqa — 12,4 million so‘m;
- Tashish va saqlash — 7,7 million so‘m;
- Sanoat — 6,2 million so‘m;
- Savdo — 5,9 million so‘m;
- Qurilish — 5,4 million so‘m;
- Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 4,6 million so‘m;
- Taʼlim — 3,5 million so‘m;
- Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish — 3,3 million so‘m.
Maʼlumot uchun, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga so‘nggi marta 2023-yil 1-dekabrdan o‘zgartirish kiritilgan bo‘lib, 1 million 50 ming so‘mni tashkil etadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Ish haqi, pensiya va nafaqalar oshishi haqidagi xabarlar rad etildi O‘zbekistonda 2024-yilda ota-onalar ko‘roq necha yoshda farzandli bo‘ldi? Husanovning “Man Siti”dagi maoshi maʻlum boʻldi Keyingi yilda ish haqi va pensiyalarni oshirishga qancha mablag‘ ajratilishi ochiqlandi O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 5,1 mln so‘mdan oshdi
Soʻnggi yangiliklar







