23 Dekabr 2024, 09:39 •Oʻzbekiston
O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi
Arizalarni qabul qilish uchun 13 ta oliy ta’lim muassasasida hududiy ishchi guruhlar tashkil etilgan.

O‘zbekistonda 20 dekabrdan uzrli sababga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Belgilangan tartibga muvofiq ikkita uzrli sababga ko‘ra davlat oliy ta’lim muassasalari aro o‘qishni ko‘chirish haqidagi arizalarni qabul qilish uchun 13 ta oliy ta’lim muassasasida hududiy ishchi guruhlar tashkil etilgan.
Ishchi guruhlar 2025 yilning 20 yanvar kuniga qadar har kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 09:00 dan 15:00 gacha) faoliyat ko‘rsatadi.
Hududiy ishchi guruhlarga arizachi quyidagi hujjatlarni (oflayn) taqdim etadi:
- o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruh tomonidan beriladi va talaba uni joyida to‘ldiradi);
- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi; - uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
Ma’lumot uchun, ikkita uzrli sabab quyidagilar:
- talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;
- davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistondagi uchta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kiritildi Farg‘onadagi ayrim oliygohlar birlashtirilib, yangi universitet tashkil etiladi Nukus davlat texnika universiteti tashkil etiladi Toshkentda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi Namanganda ham yangi universitet ochilmoqda
Soʻnggi yangiliklar

Toshkent viloyatida ayol shirinliklarni ruxsatsiz yegan bolasining tana a’zolarini kuydirdi
11 Fevral 2025, 18:58
Samarqandda 10-sinf qiz o‘zidan uch yosh kichik qizni “samosud” qildi
11 Fevral 2025, 18:21
O‘zbekiston Korrupsiyani qabul qilish indeksida nechanchi o‘rinda ekani aytildi
11 Fevral 2025, 17:39
Toshkentda yangi qurilayotgan binoda yongʻin sodir boʻldi
11 Fevral 2025, 17:05
Samarqandda yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi
11 Fevral 2025, 16:40
Namanganda chiqindi xizmatlari uchun aholidan 18 mlrd so‘m asossiz pul olingani aniqlandi
11 Fevral 2025, 15:46
Toshkentda begona ayol maktab o‘quvchisini olib ketishga urindi
11 Fevral 2025, 15:00
O‘zbekistonda shifokor qabuliga navbat to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
11 Fevral 2025, 14:17