O‘zbekistonda nechta ko‘p qavatli uy borligi maʼlum qilindi
Qurilish vazirligi O‘zbekistonda nechta ko‘p qavatli uy borligini maʼlum qildi.

Respublikamizda ko‘p qavatli uylar soni qariyb 42 mingga yetgan bo‘lib, ularning 92 foiziga 821 dan ortiq boshqaruv tashkilotlari tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda. Bu haqda Qurilish vazirligi xabar berdi.
2024-yil davomida respublikadagi boshqaruv tashkilotlarining qariyb 60 mlrd so‘m mablag‘lari hisobidan 2 888 ta ko‘p kvartirali uyni ta’mirlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlandi hamda uning doirasida 2 283 ta ko‘p kartirali uylarda ta’mirlash ishlari yakunlandi, deyiladi xabarda.
Shundan, 934 ta uyning tom qismida mukammal va joriy, 1 246 ta kirish yo‘laklarida, 1085 ta uyning yerto‘la va uy ichki muhandislik-kommunikatsiyalarida ta’mirlash ishlari olib borildi.
Kirish yo‘laklariga 270 ta kodli temir eshiklar o‘rnatildi va 4 851 ta energiya tejamkor sensorli lampalar o‘rnatildi.
Bundan tashqari, 54 mingdan ortiq elektr taqsimlovchi ‘shit’lar joriy va mukammal ta’mirlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda hududida fuqaro halok bo‘lgan qurilish noqonuniy olib borilgani aniqlandi Samarqandda ko‘p qavatli uyning tepasida basseyn qurib olgan fuqaro jarimaga tortildi Toshkent viloyatida ko‘p qavatli uy cho‘kkani haqida xabarlar tarqaldi
Soʻnggi yangiliklar







