O‘zbekistonda navbatdagi magnit bo‘roni kutilmoqda
Mutaxassislar “to‘q sariq” darajadagi qo‘zg‘alishlarni prognoz qilmoqda.

Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 23-iyul kuni O‘zbekistonda “to‘q sariq darajadagi” kuchli magnit bo‘roni bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit buzilishlar kuchi 4 ballni tashkil etgan. Geozarbalar soat 08:00 da bo‘lishi kutilmoqda, shundan so‘ng ko‘rsatkich 3 ballgacha pasayadi. 24-iyulda bo‘ron intensivligi pasayadi va yana 4 ballgacha ko‘tariladi.
Magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.
Izohlar