16 Dekabr 2024, 17:24 •Oʻzbekiston
O‘zbekistonda Milliy turizm yagona platformasi ishga tushiriladi
O‘zbekistonda avia, temiryo‘l va avtobus chiptalarini olish imkonini beruvchi yagona onlayn platforma 2025-yilda ishga tushadi.
O‘zbekistonda turistik xizmatlarni yagona platformaga birlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab Milliy turizm yagona platformasi sinov tariqasida, 2025-yil 1-dekabrdan esa to‘liq ishga tushiriladi.
Ushbu platforma quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:
- sayyohlarga joylashtirish vositalarini onlayn band qilish va sayyohlar tomonidan baholash;
- respublikadagi turoperatorlar va turagentlar xizmatlari, shu jumladan, sayyohlarga gid, gid-tarjimon, yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi, ekskursiya yetakchilari xizmatlaridan foydalanish;
- yo‘nalishsiz taksi va avtotransport vositalari ijarasi xizmatlaridan foydalanish;
- avtobus, avia va temiryo‘l chiptalari, madaniy meros obyektlari, muzeylar va boshqa diqqatga sazovor joylarga kirish chiptalarini xarid qilish;
xalqaro va milliy to‘lov tizimlari orqali turistik xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish; - turizm sohasiga oid statistik hisobotlarni yuritish va real vaqt rejimida tahlil qilish.
Platforma ma’lumotlarining 14 ta xorijiy tilga tarjimasi ta’minlab boriladi. Transport vazirligi bilan birgalikda Uztrans yagona interaktiv axborot tizimi, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, Uzbekistan Airways va boshqa yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega tashkilotlarning elektron chiptalarini xarid qilish tizimlari integratsiya qilinadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Oʻzbekistonda savdoni rivojlantirish boʻyicha alohida kompaniya ochiladi 2025-yilda metro uchun yana 26 ta poyezd xarid qilinadi Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi Qozog‘iston sayohat uchun eng yaxshi mamlakatlar qatoriga kirdi O‘zbekistonliklar turistik maqsadda qaysi davlatlarga ko‘proq borayotgani aytildi
Soʻnggi yangiliklar
“Hududiy elektr tarmoqlari”ga yangi rahbar tayinlandi
21 Dekabr 2024, 19:08O‘zbekistonda Bojxona kodeksining yangilangan loyihasi ishlab chiqiladi
21 Dekabr 2024, 18:14Toshkent viloyatida tarbiyachi bog‘cha bolasini kaltakladi
21 Dekabr 2024, 17:23Ravshan Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi bo‘ldi
21 Dekabr 2024, 16:3022 dekabr kuni yogʻingarchilik kutilmaydi
21 Dekabr 2024, 15:20Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi boshlanadi
21 Dekabr 2024, 14:25Qoraqalpog‘istonda 288,2 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
21 Dekabr 2024, 13:28Husanov faoliyatini APL grandi safida davom ettirishi mumkin
21 Dekabr 2024, 12:31