O‘zbekiston

O‘zbekistonda milliy mahsulotlar bir joyda sotiladigan savdo markazlari paydo bo‘ladi

Savdo markazlaridagi do‘konlar minimal narxda ijaraga beriladi.

O‘zbekistonda milliy mahsulotlar bir joyda sotiladigan savdo markazlari paydo bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-may kuni mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda tayyor kiyim-kechak, charm va poyabzal mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 4 mingdan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda. Lekin hozirgi kunda milliy mahsulotlar bir joyda sotiladigan savdo markazlari yo‘q.

Shuning uchun mamlakatda faqat milliy mahsulotlar sotiladigan yirik “Mall of Uzbekistan” savdo markazlari ochiladi. Do‘konlar minimal narxda ijaraga beriladi. Ishchilarining 15 foizi ehtiyojmand oiladan bo‘lgan to‘qimachilik va charm-poyabzal korxonalariga foyda solig‘i 2 foiz, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilangan.

“Endilikda to‘qimachilik va charm korxonalariga ehtiyojmand odamlarni ishga olish bo‘yicha 15 foizli me’yor 2 barobar kamaytiriladi. Bundan buyon imtiyoz olish uchun korxonada ehtiyojmand odamlar bilan birga nogironligi bor ishchilar ham hisobga olinadi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, endilikda O‘zbekistonda milliy brendlar ko‘payadi. Shavkat Mirziyoyev mavjud firmalarni xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha topshiriq bergan.

Izohlar

Mavzuga oid