O‘zbekistonda milliy koordinatalar tizimining “nol” nuqtasi o‘rnatildi
Kelajakda mutaxassislar uni xalqaro tizimda ro‘yxatdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Kadastr agentligi huzuridagi Respublika aerogeodeziya markazi mutaxassislari tomonidan Samarqand shahri hududida milliy koordinatalar tizimining boshlang‘ich “nol” nuqtasi o‘rnatildi.
Buning uchun mutaxassislar Rasadxona mahallasida joylashgan Cho‘pon ota tepaligini tanladi. Qayd etilishicha, “nol” nuqta 187A tipidagi asosiy punkt va 161-op tipidagi ikkita fundamental reperni o‘z ichiga oladi va mamlakat hududidagi barcha xaritalar, geodeziya va kadastr ishlari bazasining asosiy tayanchi hisoblanadi.
Ushbu punkt mamlakat hududidagi koordinata tizimlari uchun bosh nuqta vazifasini bajarishi rejalashtirilgan, shundan so‘ng mutaxassislar uni xalqaro koordinata tizimi bilan ham muvofiqlashtirmoqchi.
Avvalroq O‘zbekiston va Iordaniya geologiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qilgani haqida xabar berilgandi. Tomonlar yo‘l xaritasini tasdiqladi va mis, nodir metallar hamda boshqa minerallar sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi.
Izohlar