O‘zbekiston

O‘zbekistonda maktablardagi 10 nafar o‘qituvchidan 7 nafari ayollardir

O‘n yil ichida mamlakatda o‘qituvchilar soni o‘n minglab ko‘paydi.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan.

2015/2016 o‘quv yili boshiga nisbatan ko‘rsatkich 170,9 mingtaga yoki 43,4 foizga oshgan. Ularning 71 foizini (401,3 ming) ayollar, 29 foizini (163,6 ming) erkaklar tashkil etadi.

Yillar bo‘yicha o‘qituvchilar soni:

  • 2015/2016 o‘quv yili — 385 ming;
  • 2016/2017 o‘quv yili — 390,6 ming nafar;
  • 2017/2018 o‘quv yili — 409,4 ming nafar;
  • 2018/2019 o‘quv yili — 444,2 ming;
  • 2019/2020 o‘quv yili — 486,6 ming;
  • 2020/2021 o‘quv yili — 508 ming;
  • 2021/2022 o‘quv yili — 510 ming;
  • 2022/2023 o‘quv yili — 521,6 ming nafar;
  • 2023/2024 o‘quv yili — 547,8 ming nafar;
  • 2024/2025 o‘quv yili — 564,9 ming.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная