O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahbuslarning jazo muddati qisqartiriladi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksining 73-moddasi (Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish) 4-qismida ko‘rsatilgan shaxslarga, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslardan tashqari, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash davrida tayinlangan jazo muddati qisqartirilishi mumkin.
При этом должен быть подтвержден факт прочтения осужденным книг из перечня утвержденной литературы, которая направлена на формирование правильных духовно-нравственных ценностей. Срок может быть сокращен на 3 дня за каждую прочитанную книгу, но не более чем на 30 дней в течение года.
Kitoblar o‘qilganligi fakti mahkumning jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatiga bergan arizasi asosida muassasa xodimlari, jamoatchilik vakillari va boshqa shaxslardan iborat komissiya tomonidan aniqlanadi. Komissiya yig‘ilishlari yiliga kamida ikki marta o‘tkaziladi.
По результатам проверки комиссия принимает заключение о подтверждении факта прочтения книг. Копия заключения направляется прокурору, вручается осужденному под подпись, а также предоставляется его защитнику по запросу.
Kitob o‘qilganligi faktini tasdiqlash to‘g‘risida xulosa qabul qilingan taqdirda muassasa ma’muriyati mahkum tuzalish yo‘liga o‘tganligi munosabati bilan jazo muddatini qisqartirish to‘g‘risida sudga taqdimnoma yuboradi. Mahkumning tuzalish yo‘liga o‘tishi munosabati bilan jazo muddatini qisqartirish sud tomonidan amalga oshiriladi, — deyiladi xabarda.
Avvalroq, mahkumlar har bir o‘qigan kitobi uchun imtihon topshirishi haqida xabar berilgandi. Adabiyotlar ro‘yxati Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tasdiqlanadi.























