O‘zbekistonda mahkumlar o‘z mablag‘lari hisobidan bir marta 15 daqiqalik masofaviy videoqo‘ng‘iroq yoki telefon so‘zlashuvidan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning masofaviy videoaloqadan foydalanish huquqini mustahkamlashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Endilikda mahkum masofaviy videoaloqadan yoki 15 daqiqa davom etadigan telefon orqali so‘zlashuvdan bir marta foydalanish huquqiga ega bo‘lib, buning uchun to‘lov uning shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ilgari mahkumga faqat 15 daqiqa davom etadigan bitta telefon suhbati huquqi berilgan. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran — 15 yanvardan kuchga kirdi.
Avvalroq tergov izolyatorida o‘tirish qulayroq bo‘lishi haqida xabar berilgan edi. Deputatlar mahbuslarga ko‘proq pul sarflashga, kiyim-kechak va poyabzallarni qarindoshlari va yaqinlaridan olishga ruxsat berishga qaror qilishdi.























