Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 8 va 9-noyabr kunlari O‘zbekistonda “sariq” darajadagi magnit bo‘roni bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit g‘alayonlar kuchi 4 ballni tashkil etadi. Geozarbalar soat 08:00 da bo‘lishi kutilmoqda, shundan so‘ng ko‘rsatkich 3 ballgacha pasayadi. 9 noyabrda bo‘ron intensivligi ham 4 ballgacha ko‘tariladi.

Magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.
Avvalroq dam olish kunlari o‘zbekistonliklar sovuqdan keyin isinishi haqida xabar berilgandi. O‘zbekiston hududidan sovuq havo massasining chekinishi boshlandi.




















