O‘zbekistonda kuryerlik xizmatlarining ishlash qoidalari tasdiqlandi
Adliya vazirligi yetkazib beruvchilarga nima qilish taqiqlanganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda elektron tijoratda kuryerlik xizmatlari faoliyati qoidalari tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Hujjat ushbu sohada yagona huquqiy normalarni joriy etish, kuryerlik xizmatlari operatorlari va yetkazib berish zanjirida ishtirok etuvchi kuryerlarning huquq va majburiyatlarini belgilash, tovarlarni, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’molchilarga tezkor va xavfsiz yetkazib berish tartibi va talablarini belgilaydi.
Nizomga ko‘ra, kuryer – yetkazib berish xizmati operatori yoki tadbirkor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida tovarlarni yetkazib beruvchi jismoniy shaxs. Yetkazib berish xizmati operatorlari va kuryerlar, agar shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, xaridorlardan tovar yoki yetkazib berish xizmati uchun haq olish huquqiga ega.
Bunda nazorat-kassa texnikasi qo‘llanilishi, shuningdek, chek elektron yoki qog‘oz shaklda taqdim etilishi shart. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda transport vositalari va termokonteynerlar toza va soz holatda saqlanishi, muntazam yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi kerak.
Bunda kuryerga quyidagi harakatlarni bajarish taqiqlanadi:
- tovar o‘ramini o‘zboshimchalik bilan ochish;
- uchinchi shaxslarga xaridorlarning shaxsiy ma’lumotlarini va yetkazib berilayotgan tovar to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilish.
Eslatib o‘tamiz, ba’zi kuryerlar velosipedlarga o‘tkazilgan. Savdo-sanoat palatasi umumiy ovqatlanish sohasida kichik va o‘rta biznes subyektlariga yordam berishga qaror qildi.
Izohlar