O‘zbekistonda kuchli jazirama qisqa muddatga chekinadi: haftalik ob-havo
Ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esadi.

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga janubdan quruq va issiq havo kirib kelishi yana kuchayadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
23-25 iyunda havo harorati kunduz kunlari 38-41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 42-44 darajagacha ko‘tariladi.
Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘istonda va Navoiy viloyatining shimolida 24-25 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, 25 iyunda harorat 26-31 darajagacha pasayishi mumkin.
Payshanba kuni haroratning pasayishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Hududning katta qismida harorat – orasida bo‘ladi. Juma kuni harorat biroz ko‘tariladi va 33-36 daraja, ba’zi joylarda 38 darajagacha bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 25-26 iyunda ba’zi joylarda shamol tezligi 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
23 iyunda Farg‘ona viloyatining ayrim tog‘li hududlarida, 26 iyunda respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23-25 iyunda kunduzgi harorat 38-41 daraja issiq bo‘ladi, 26 iyunda 31-33 daraja issiqqacha pasayadi, 27 iyunda 34-36 daraja issiq bo‘ladi.
Izohlar