O‘zbekistonda kontrakt pulini to‘lash muddati belgilandi
Joriy o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun kontrakt pulini to‘lash muddati belgilandi.

O‘zbekistonda 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab davlat OTMga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun to‘lov muddatlari belgilandi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ko‘ra, belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024 yil 15 sentabrgacha yoki O‘zbekiston ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha amalga oshirishi kerak.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024 yil 1 oktyabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha belgilandi.
To‘lov miqdorining kamida 50 foizini 2025 yil 1 yanvargacha, 75 foizini 2025 yil 1 martgacha va 100 foizini 2025 yil 1 maygacha yoki OTM rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha to‘lash lozim.
Vazirlikning bildirishicha, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistondagi uchta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kiritildi Farg‘onadagi ayrim oliygohlar birlashtirilib, yangi universitet tashkil etiladi Nukus davlat texnika universiteti tashkil etiladi Toshkentda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi Namanganda ham yangi universitet ochilmoqda
Soʻnggi yangiliklar







