O‘zbekistonda ketma-ket ikki kun magnit bo‘roni bo‘ladi
Eng kuchli qo‘zg‘alishlar ertalab sodir bo‘lishi kutilmoqda.

Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 12-avgust kuni O‘zbekistonda “sariq” darajadagi magnit bo‘roni bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit g‘alayonlar kuchi 4 ballni tashkil etadi. Geozarbalar soat 08:00 da bo‘lishi kutilmoqda, shundan so‘ng ko‘rsatkich avval keskin 2 ballgacha pasayadi, keyin esa 3 ballgacha ko‘tariladi. 8-noyabrga kelib, bo‘ron intensivligi yana 4 ballgacha ko‘tariladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.
Avvalroq joriy haftada o‘zbekistonliklarni issiqning pasayishi va shamolning kuchayishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Izohlar