O‘zbekiston

O‘zbekistonda ketma-ket ikki kun kuchli magnit bo‘roni kutilmoqda

Eng kuchli qo‘zg‘alishlar ertalab sodir bo‘lishi kutilmoqda.

Meteagent ma’lumotlariga ko‘ra, 1 va 2-sentyabr kunlari O‘zbekistonda kuchli “qizil” magnit bo‘roni bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit g‘alayonlar kuchi 5,7 ballni tashkil etadi. 2 sentyabrga kelib, bo‘ron intensivligi 6,7 ballgacha ko‘tariladi.

Magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.

Avvalroq 2025-yil sentyabr oyida o‘zbekistonliklarni tetiklashtiruvchi salqin havo va yog‘ingarchilik kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Havo harorati oy oxiriga yaqin pasayishni boshlaydi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная