23 Dekabr 2024, 07:28 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

Oʻzgidromet 23—25-dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʻlumotini eʻlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-dekabrda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 24-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 25-dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 24-dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 25-dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, baʻzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, 24-dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 25-dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 24-dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 25-dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-24-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 25-dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda baʻzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-dekabrda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, 24-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 25-dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Mashhur yangiliklar