O‘zbekiston

O‘zbekistonda kambag‘al oilalarga mansub ishsizlar kasb-hunarga bepul o‘qitiladi

Ta’lim muassasalari vaucher tizimida ishtirok etish uchun reyestrda ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

Фото: ситуативное

O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasining “Davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari ishtirokida kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘qitishning vaucher tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 527-son qarori qabul qilindi, deb yozadi Norma.

Hujjatga ko‘ra, mamlakatda ishsiz aholini ish beruvchilarning buyurtmalari asosida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga manzilli o‘qitish tizimi joriy etiladi.

Kasb-hunarga o‘qitish maqsadida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan stipendiyalar davomiyligi uch oydan ortiq bo‘lgan o‘quv kurslariga qabul qilingan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek, “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan ishsiz oila a’zolariga to‘lanadi. Stipendiyalarni to‘lash tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari orqali amalga oshiriladi.

Hujjat bilan Kasb-hunarga o‘qitish va xorijiy tillarni o‘rganish uchun vaucherlar berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar belgilangan:

  • ishsizlarni, shu jumladan “Kam ta’minlangan oilalar reyestri”ga kiritilgan oila a’zolarini va rasmiy daromadga ega bo‘lmagan ishsizlarni o‘qitish xarajatlarini qoplash tartibi;
  • vaucher tizimi bo‘yicha ishlaydigan ta’lim tashkilotlari reyestrini shakllantirish qoidalari;
  • vaucherlarni berish va ulardan foydalanish, shuningdek, ushbu tizim doirasida davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini moliyalashtirish tartibi.

Ta’lim tashkilotlarining elektron reyestri Ta’lim va fan vazirligi tomonidan ecosys.mehnat.uz tizimida yuritiladi, unda ta’lim tashkilotlariga qo‘yiladigan talablar ham e’lon qilinadi. Ta’lim muassasalari vaucher tizimida ishtirok etish uchun reestrda ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная