21 Yanvar 2025, 12:41 •Oʻzbekiston
O‘zbekistonda kambag‘al oilalar a’zolarini kasbga o‘qitish bo‘yicha vaucher tizimi joriy etiladi
Mazkur tizim 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan o‘tkaziladi.

“2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq:
- 2025 yil 1 fevraldan kasblarga o‘qitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek, muddati 3 oydan ko‘p davom etadigan o‘quv kurslariga qabul qilingan Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz a’zolariga to‘lanadi;
- 2025 yil 1 maygacha ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi.
Mazkur tizim 2025 yil 1 fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan o‘tkaziladi.
Mahallalarda kambag‘al oila a’zolarining ishlash ishtiyoqini va tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan “Farovon hayotga ilk qadam”, “Ishonch” loyihalari va “Ma’rifat orqali kambag‘allikni qisqartirish” dasturi amalga oshiriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar

Sirdaryoda yong‘in bo‘lgan uydan 3 nafar bola qutqarildi
17 Fevral 2025, 19:08
Samarqandda qaynona kelinini qaychi va oshxona pichog‘i bilan o‘ldirdi
17 Fevral 2025, 18:33
Bojxona qo‘mitasi raisi Yengil atletika federatsiyasiga ham bosh bo‘ldi
17 Fevral 2025, 17:55
Shohjahon Ergashev navbatdagi jangida g‘alaba qozondi
17 Fevral 2025, 17:20
Toshkentda 19 yoshli haydovchi piyodani urib yubordi
17 Fevral 2025, 16:45
Farg‘onada o‘qituvchi 8-sinf o‘quvchisini kaltakladi
17 Fevral 2025, 16:12
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisiga oʻrinbosar tayinlandi
17 Fevral 2025, 15:37
Toshkentda bolalar tagligiga yashirilgan dori vositalari aniqlandi
17 Fevral 2025, 15:04