21 Oktabr 2024, 14:56 •Oʻzbekiston
O‘zbekistonda kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi
Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi.
16-oktabr kuni “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni [PF-158-son] qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar qilindi.
Farmonga ko‘ra, kasbiy ta’lim tashkilotlarining amaldagi turlari maqbullashtirilib, kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi.
Texnikumlarda:
- kadrlar tayyorlash Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi va O‘zbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda tashkil etiladi;
- boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi, shuningdek, malaka va kompetensiyalar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi;
- boshlang‘ich kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining 9-sinfini tamomlagan o‘quvchilar uchun — davlat granti asosida amalga oshiriladi;
- o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi;
- o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlarining bitiruvchilariga o‘zlashtirgan modullari, to‘plagan kreditlari va oliy ta’lim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar o‘rtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan o‘qishni davom ettirishga ruxsat etiladi.
Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan negizida texnikumlar tashkil etiladigan kasbiy ta’lim tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda texnikum direktorlari endi ochiq tanlov asosida tanlab olinadi Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvoni berildi Endi davlat oliygohlari hududida ham bog‘cha tashkil etish mumkin Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi Komil Allamjonov lavozimidan ozod etildi
Soʻnggi yangiliklar
Vazirliklarning 160 xodimi tadbirkorlik qilayotgani aniqlandi
21 Oktabr 2024, 18:46O‘zbekistonda texnikum direktorlari endi ochiq tanlov asosida tanlab olinadi
21 Oktabr 2024, 18:03Ikki viloyatda 1 mlrd so‘mdan ortiq “svet”dan noqonuniy foydalanganlar ushlandi
21 Oktabr 2024, 17:28Toshkentda soxta savdogar fuqaroni 22 mln so‘mga chuv tushirdi
21 Oktabr 2024, 16:45Namanganda 3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
21 Oktabr 2024, 16:10Raqobat qo‘mitasi umumiy ovqatlanish korxonalarida o‘rganish o‘tkazdi
21 Oktabr 2024, 15:30O‘zbekistonda kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi
21 Oktabr 2024, 14:56O‘zbekistonda 9 oyda qancha ish haqi va nafaqa pullari talon–toroj qilingani ochiqlandi
21 Oktabr 2024, 14:21