O‘zbekiston

O‘zbekistonda jinsni o‘zgartirishda FISH o‘zgartirishga rasman ruxsat berildi

Qonunchilikdagi o‘zgarish faqat tug‘ma patologiyalar holatlariga taalluqlidir.

паспорт

Vazirlar Mahkamasining “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, jinsning o‘zgarishi familiya, ism va sharif o‘zgartirish uchun asos bo‘ldi.

Endi fuqaro jinsini o‘zgartirganda familiyasi, ismi va sharifini o‘zgartirish to‘g‘risida ariza berish huquqiga ega. Buning uchun ariza va sog‘liqni saqlash muassasasining tegishli tibbiy xulosasini taqdim etishi lozim.

Qoidalarning yangi tahririga ko‘ra, FIShni quyidagi hollarda o‘zgartirish mumkin:

  • O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq;
  • sud qarori asosida;
  • familiyasi yoki ismi yoqimsiz jaranglasa;
  • familiyasi yoki ismi milliy mansubligiga mos kelmasa;
  • nikohgacha bo‘lgan familiyaga qaytish uchun – shaxsiy xohishga ko‘ra;
  • oila a’zolari umumiy familiyaga ega bo‘lishni istasa;
  • 16 yoshga to‘lgan shaxsga nisbatan otalik belgilanganda;
  • jins o‘zgartirilganda.

Biroq Vazirlar Mahkamasi qaroridagi o‘zgarishlar faqat kamdan-kam uchraydigan tibbiy holatlarga taalluqlidir. Bu tug‘ma patologiyaga ega bo‘lgan odamlar, masalan, interseks holati bo‘lib, bunda odam tug‘ilganidan boshlab ham erkaklik, ham ayollik jinsiy belgilariga ega bo‘ladi.

Bunday vaziyatlarda tekshiruvdan o‘tgandan so‘ng, tashxis qo‘yilgach va zarur bo‘lsa jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgach, shifokorlar komissiyasi hujjatlarda jinsni o‘zgartirishga ruxsat berishi mumkin. Barcha muolajalar faqat tibbiy xulosa asosida o‘tkaziladi.

Максим Каневский
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid