O‘zbekiston

O‘zbekistonda jazirama kuchayadi: 20-may kungi ob-havo ma’lumoti

Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

O‘zbekistonda jazirama kuchayadi: 20-may kungi ob-havo ma’lumoti

20-may kuni O‘zbekistonda jazirama kuchayadi, tog‘larda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 31-33° bo‘ladi.

Viloyatlarda ob-havo quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
  • Xorazmda yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
  • Toshkent viloyati, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda yogʻingarchilik boʻlmaydi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° iliq;
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yogʻingarchilik boʻlmaydi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° iliq;
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° iliq;
  • tog’ oldi va tog’li hududlarda yog’ingarchiliksiz. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 ° , kunduzi 20-25 ° iliq bo’ladi.

Avvalroq O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, deb xabar berilgandi. Sinoptiklar shamol kuchayishini bashorat qilishmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid