O‘zbekistonda jazirama issiq boshlanadi
Shuningdek, respublika bo‘yicha shamolning kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

16–19-iyun kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo kirib kelishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet rahbari Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja.
16–17-iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 17–19-iyun kunlari qolgan hududlarda havo harorati kunduz kunlari 40-42 daraja issiqqacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-44 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13−18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga quruq havo chiqishi boshlanishi haqida xabar berilgandi. Harorat deyarli 40 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Izohlar