O‘zbekistonda jazirama bahordan keyin yoz qanday bo‘ladi: sinoptiklar ekstremal haroratni istisno qilmayapti
Yog‘ingarchilik kam bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, 2025-yilning yozi quruq va o‘rtacha issiq ob-havo bilan boshlanadi, sinoptiklar juda issiq bahor fonida ekstremal haroratni istisno qilmayapti.
Prognoz
1-7 iyun kunlari respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo haroratining 35-38 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 40 darajagacha asta-sekin ko‘tarilishi. Keyinchalik oy oxirigacha harorat 33-38 darajadan 25-30 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Respublikaning shimoli, janubi va cho‘l zonasida eng issiq kunlarda harorat 39-41 darajagacha ko‘tariladi. Birinchi o‘n kunlikning oxirida va ikkinchi hamda uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Bahorda jazirama issiqni kutish kerakmi?
Sinoptiklarning aytishicha, bu umuman oddiy savol emas. Global isish haqiqatan ham juda issiq yoz xavfini oshiradigan kuchli omildir. Shu bilan birga, global isish yillararo yuqori o‘zgaruvchanlik fonida sodir bo‘lmoqda. Bu har bir keyingi yoz oldingisidan iliqroq bo‘lishini anglatmaydi.
Bundan tashqari, 2025-yil boshida okean isishiga sabab bo‘ladigan El-Nino hodisasi yakunlandi va okean neytral holatga qaytdi. Biroq, qudratli El-Ninodan keyin okean yuzasining harorati ancha yuqori bo‘lib qolmoqda. Bu esa atmosfera holatiga ta’sir ko‘rsatadi: okeanlardan uzatilayotgan issiqlik havo haroratining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Bu issiqlik yer shari bo‘ylab qanday tarqalishini aytib bo‘lmaydi.
O‘zbekistonda yoz an’anaviy ravishda quruq va issiq bo‘ladi — bu iqlimning o‘ziga xos xususiyati. Bundan tashqari, so‘nggi 50 yil ichida yozgi mavsumlarning o‘rtacha haroratining barqaror o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda.
O‘zgidrometning jahon prognoz markazlari hisob-kitoblariga asoslangan dastlabki bahosiga ko‘ra, bu yil yozning o‘rtacha harorati me’yordan biroz yuqori bo‘lishi mumkin.
“Yoz mavsumida, albatta, havo harorati ekstremal qiymatlarga yaqin bo‘lgan juda issiq ob-havo davrlari bo‘ladi. Ammo yoz uchun nisbatan qulay harorat foni bilan issiqlikning pasayish davrlari ham bo‘ladi”, — deya ta’kidladi sinoptiklar.
Izohlar