O‘zbekistonda jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘laklarda harakatlanishga ruxsat beriladi
Bunga faqat kechki vaqtda ruxsat beriladi.

Oʻzbekistonda boshqa transport vositalari jamoat transporti uchun ajratilgan boʻlaklar boʻylab soat 23:00 dan 06:00 gacha harakatlana oladi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi.
Maʼlumotlarga koʻra, hozirda “A” toifasi bilan belgilangan boʻlaklar boʻylab boshqa transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan. Biroq barcha avtobuslar o‘z yo‘nalishlarini soat 23:00 ga qadar yakunlagani bois, rasmiylar ushbu davr mobaynida boshqa transport turlariga ham ushbu yo‘laklardan foydalanishga ruxsat berishga qaror qildi.
Qayd etilishicha, bu haydovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishga yordam berishi kerak. Xususan, soat 23:00 dan boshlab, ertalab soat 6:00 ga qadar ushbu bo’laklarda harakatlanish qoidabuzarlik hisoblanmaydi.
Oʻzbekistonda yoʻllarni taʼmirlash va yoʻllarni belgilash ishlari faqat tungi vaqtda amalga oshirilishi avval xabar qilingandi. Yechim tirbandlikni bartaraf etishga yordam berishi kerak.
Izohlar