O‘zbekistonda issiqxonalarni uzluksiz gaz bilan ta’minlash orqali mahsulotlar eksporti oshiriladi
Shuningdek, hukumat 2028-yil oxirigacha ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz darajasida belgilashni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistonda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini oshirish rejalashtirilmoqda, buning uchun hukumat fermerlarni, shuningdek, issiqxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator chora-tadbirlarni ishlab chiqdi, deyiladi hukumat qarorida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, rasmiylar bu ko‘rsatkichni 2026-yilga borib 3,5 milliard dollarga, 2026-yilda esa 4 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, issiqxonalarni uzluksiz gaz bilan ta’minlash orqali meva-sabzavot yetishtirish hajmini 2026-yilda 620 ming tonnaga, 2027-yilda 670 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, bu ushbu mahsulotlar eksportini 30 foizdan 70 foizga oshirishga yordam berishi kerak. 2026-yilda qo‘shimcha 20 ming gektar, 2027-yilda esa dala chetlariga meva va sabzavot ko‘chatlari ekish uchun yana 15 ming gektar yer ajratish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ushbu maqsadlar uchun 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil oxirigacha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi, shuningdek, 2025-yil 1-oktyabr holatiga mavjud soliq qarzini to‘lash muddati foizlar hisoblanmagan holda 2028-yil oxirigacha uzaytiriladi.
Avvalroq O‘zbekistonda fermer va dehqonlar o‘z mahsulotlarini sotishda QQS to‘lamasligi haqida xabar berilgandi. Prezident oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Izohlar