O‘zbekiston

O‘zbekistonda ish vaqtidan tashqari to‘lovlar uchun yangi tartibda haq to‘lanadi

Tuzatishlar deputatlar tomonidan ma’qullandi.

O‘zbekistonda ish vaqtidan tashqari to‘lovlar uchun yangi tartibda haq to‘lanadi

O‘zbekistonda ish vaqtidan tashqari ishlarga haq to‘lash soddalashtiriladi va ularning davomiyligi bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi, deb xabar bermoqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qonun loyihasi bilan ish vaqtidan tashqari ishlarning maksimal davomiyligi yiliga 120 soat bo‘lishi haqidagi normani bekor qilish nazarda tutilmoqda. Hujjatda, shuningdek, ish vaqtidan tashqari ishlarga kuniga dastlabki ikki soat uchun kamida bir yarim baravar, ikki soatdan ortiq ishlaganlarga esa kamida ikki baravar miqdorda haq to‘lanadigan normalar belgilangan.

Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolarning mehnat huquqlarini ta’minlashga, tashkilotlarda mehnat unumdorligini oshirishga va xodimlarning daromadlarini ko‘paytirishga xizmat qilishi kerak.

Ba’zi o‘zbekistonliklarga mahsulot bilan to‘lashni boshlashadi. Ayrim hollarda ish beruvchilar uy-joy berish bilan hisob-kitob qilishlari mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid