Oʻzbekistonda injenerlik maktablari tashkil etiladi
Prezident qarori bilan Oʻzbekistonda injenerlik maktablari tashkil etiladi.

“Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalariga yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan eʼtiboran 3-yil muddatga quyidagi soliq imtiyozlari beriladi:
- foyda soligʻining nol darajali stavkasini qoʻllash;
- mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod etish.
Elektrotexnika sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ommaviy savdolar orqali sotib olinadigan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha toʻlovlarini 10-yilgacha muddatda boʻlib-boʻlib toʻlashga rozilik beriladi.
Jizzax viloyatidagi 1-son politexnikumi hamda Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahar politexnikumi huzurida injenerlik maktablari tashkil etiladi.
2025–2027-yillarda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning mahalliy kapital bozorida qisqa (1-yilgacha) va oʻrta (5-yilgacha) muddatli obligatsiyalarini joylashtirish va xalqaro kapital bozorlarida 2 ta tarmoq korxonasining yevroobligatsiyalarini chiqarish hisobiga resurs jalb qilishga ruxsat beriladi.
Elektrotexnika mahsulotlari eksportini yanada jadallashtirish uchun yangi Eltechexport moliyalashtirish liniyasi joriy etiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlandi Ayrim fuqarolar o‘zi ekkan har 100 ta daraxti uchun subsidiya oladi Oʻzbekistonda aholi daromadini oshirish bo‘yicha yangi yondashuvlar joriy qilinadi O‘zbekistonda kambag‘al oilalar a’zolarini kasbga o‘qitish bo‘yicha vaucher tizimi joriy etiladi Xorijiy til sertifikatiga ega davlat xizmatchilariga ustama to‘lash to‘xtatildi
Soʻnggi yangiliklar







