O‘zbekistonda import va yuk tashish bo‘yicha tezkor shtab ishga tushirildi
Shtab xodimlari milliy tashuvchilar va tadbirkorlarga har tomonlama yordam ko‘rsatadi.

O‘zbekistonda eksport va import yuklarini tashish sohasida tezkor shtab ish boshladi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, shtab “xalqaro maydondagi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan vaziyat va kuchayib borayotgan geosiyosiy keskinlik sharoitida” barqarorlikni ta’minlashga ko‘maklashishi kerak. Xususan, shtab milliy tashuvchilar va tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.
Qayd etilishicha, unda Transport vazirligi vakillari, shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston xalqaro avtomobil tashuvchilari uyushmasi (AIRCUZ) va boshqa tegishli idoralar xodimlari ishtirok etdi. Shtabga Transport vazirligining 1167 ishonch raqami orqali kechayu kunduz murojaat qilish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, @TashuvchigaKo‘mak Telegram-boti orqali xalqaro tashuvlar bo‘yicha murojaat va takliflarni yuborish mumkin.
Avvalroq O‘zbekistonda avtomobilda chegaradan o‘tish uchun onlayn navbat paydo bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Hokimiyat har qanday yo‘l bilan xalqaro yuk tashishni ko‘paytirmoqchi.
Izohlar