O‘zbekistonda ilk sovuqlar qachon boshlanadi — O‘zgidromet ma’lumoti
Mamlakatda harorat pasayishi boshlanadi, ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanadi.

Hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Dastlabki sovuqlar noyabr oyining boshidan boshlanishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozga ko‘ra, 29-oktyabrdan 5-noyabrgacha harorat asta-sekin pasaya boshlaydi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi. Sinoptiklar bashorat qilmoqda
- Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida – harorat kechasi 29-oktyabr — 2-noyabrda 3-8° iliqni tashkil etadi, 3-5 noyabrda 2° sovuq-3° iliqqacha pasayishi kutilmoqda. Kunduzi 29-31 oktyabrda 20-25°, 1-5 noyabrda 11-16° gacha pasayadi;
- Buxoro va Navoiy viloyatlarida — 29-31-oktyabr kunlari tunda harorat 6-11°, 1-5 noyabr kunlari 2-7° issiqgacha pasayadi. Kunduzi 29 oktyabrda 21-26°, 30 oktyabrda 23-28°, 31 oktyabr — 5 noyabr oralig‘ida 13-18° gacha pasayadi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 29-oktyabrdan 1-noyabrgacha tunlari harorat 8-13° iliq, 2-5-noyabrda esa 3-8° iliqqacha pasayadi. Kunduzi 29-31-oktyabrda 21-26°, 1-5-noyabrda esa 13-18° gacha pasayishi kutilmoqda.
- Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tun harorati 29-oktyabrdan 1-noyabrgacha 8-13° issiq, 2-5-noyabrda esa 3-8° issiqlikkacha pasayadi. Kunduzgi harorat 29-30-oktyabrda 23-28° bo‘lib, 31-oktyabrdan 5-noyabrgacha 15-20° gacha pasayishi kutilmoqda.
- Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 29-oktyabrdan 1-noyabrgacha tungi harorat 6-11° iliq, 2-5-noyabrda esa 3-8° iliqqa pasayadi. Kunduzi 29-30-oktyabrda 18-23°, 31-oktyabrdan 5-noyabrgacha esa 13-18° gacha pasayishi kutilmoqda.
- Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 29-oktyabr kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda esa qorga aylanishi kutilmoqda. 30-oktyabrdan 5-noyabrgacha yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Havo harorati kechasi 1-6° iliqdan 5-10° iliqqacha, kunduzi 8-13° iliqdan 13-18° iliqqacha o‘zgarib turadi.
- Toshkentda 29 oktyabr kuni havo harorati kunduzi 22-24° atrofida bo‘ladi. Hafta davomida harorat asta-sekin pasayib, kechasi 8-13°, kunduzi 13-18° gacha tushishi kutilmoqda.
Avvalroq Toshkentda qish oldidan asfalt-beton qoplamasini yangilashga qaror qilingani haqida xabar berilgan edi. Ishlar yo‘l harakatini to‘xtatmasdan amalga oshiriladi.
Izohlar