O‘zbekistonda ikki kun davomida magnit bo‘roni bo‘ladi
Eng kuchli qo‘zg‘alishlar ertalab sodir bo‘lishi kutilmoqda.

Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 19 va 20-iyun kunlari O‘zbekistonda “to‘q sariq” darajadagi kuchli magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit g‘alayonlar kuchi 4 ballni tashkil etadi. Geozarbalar soat 05:00 da sodir bo‘lishi kutilmoqda, shundan so‘ng ko‘rsatkich 3 ballgacha pasayadi. 20-iyun kuni bo‘ron intensivligi ham 4 ballgacha ko‘tariladi.
Magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.
Avvalroq o‘zbekistonliklar magnit bo‘roni tufayli kuchli zilziladan qo‘rqib ketgani haqida xabar berilgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlarga oydinlik kiritib, quyosh zarbalarining kuchi seysmik faollik bilan bog‘liq emasligini ma’lum qilgan.
Izohlar