O‘zbekiston

O‘zbekistonda IIOning ayrim xizmatlari raqamlashtiriladi

Bir qator xizmatlar esa proaktiv va kompozit shakllarga o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda IIOning ayrim xizmatlari raqamlashtiriladi

O‘zbekistonda Ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rsatiladigan bir qator davlat xizmatlari elektron shaklga o‘tkaziladi, deyiladi Prezident qarori bilan.

Maʼlumotlarga koʻra, xizmatlarni 2025-yilning iyun-noyabr oylarida onlayn formatga oʻtkazish rejalashtirilgan. Ularning roʻyxatiga quyidagilar kiradi:

  • transport vositasini olib qo’yish uchastkasidan olib qo’yishni rasmiylashtirish;
  • O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash joyi bo‘yicha bir manzildan boshqasiga doimiy propiska qilish;
  • fuqaroning doimiy manzilini va ushbu manzilda ro’yxatdan o’tgan shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlarni tahrirlash;
  • fuqarolik va xizmat qurollari hamda ularning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va sotish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyani rasmiylashtirish;
  • fuqarolik va xizmat qurollari va ularning o‘q-dorilarini sotib olish, sotish, saqlash, olib yurish, tashish, yig‘ish, ko‘rgazmaga qo‘yish, O‘zbekiston hududiga olib kirish va O‘zbekiston hududidan olib chiqish, tranzit o‘tkazish uchun ruxsatnomalar;
  • portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish va saqlash, shuningdek ularni avtomobil va temir yo‘l transportida tashishga ruxsat berish;
  • ommaviy tadbirlarni o’tkazish uchun ruxsat.

Bundan tashqari, xizmatlar proaktiv va kompozit shakllarda taqdim etiladi:

  • kim oshdi savdosida yutib olgan va bir yil muddatga chegirma bilan saqlashga qo‘yilgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan davlat raqamlarini saqlash muddati tugashidan 10 kun oldin uning mobil telefoniga SMS yuborish;
  • texnik ko‘rikdan o‘tishi kerak bo‘lgan fuqarolarga belgilangan muddatdan 10 kun oldin SMS yuborish;
  • ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarima solinganligi to’g’risida xabarnoma bilan SMS yuborish.

Qayd etilishicha, mazkur hujjat ichki ishlar organlarining raqamli ekotizimini zamon talablariga muvofiq maqsadli raqamli yechimlarga asoslangan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Avvalroq O‘zbekistonda Qurolli Kuchlarni raqamlashtirish jadallashishi va armiyani zamonaviy texnika bilan ta’minlashi xabar qilingandi. Prezident jahondagi gibrid mojarolarni tahlil qilish mamlakatning jangovar salohiyatini oshirishni taqozo etishini ta’kidlagan.

Izohlar

Mavzuga oid