O‘zbekiston

O‘zbekistonda hududlarning sarmoyaviy jozibadorligi baholanadi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi investitsiya reytingi platformasini yuritadi va natijalarni e’lon qilib boradi.

2026-yildan boshlab O‘zbekistonda hududlarning investitsion jozibadorligi reytingi yuritila boshlaydi, deyiladi Vazirlar Mahkamasi qarorida.

Noyabr oyiga qadar mas’ullar tizim uchun elektron platformani ishga tushirib, 2024-yil uchun statistik ma’lumotlarni yuklab, viloyatlar, tuman va shaharlar kesimida reytingni test rejimida hisoblashlari kerak.

Reytingga ikkita yo‘nalish kiritiladi:

  • investitsiya salohiyati — ushbu yo‘nalishda hududlarning investitsiya salohiyati statistik ko‘rsatkichlar va kichik mezonlarni o‘z ichiga olgan ustuvor omillar asosida baholanadi;
  • boshqaruv samaradorligi — bu yo‘nalishda hududlarda boshqaruv samaradorligi tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida shakllangan ko‘rsatkichlar va kichik mezonlar asosida baholanadi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi investitsiya reytingi platformasini yuritadi va natijalarni e’lon qilib boradi.

Avvalroq O‘zbekistonda tadbirkorlar reytingi joriy etilishi haqida xabar berilgandi. Davlatning yordami biznesmenlarning pozitsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная