O‘zbekistonda homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatish taqiqlandi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zbekistonda homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etildi. Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxsning pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga, mehnat daftarchasiga oid ma’lumotlarni mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali so‘rab oladi.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatga oid munosabatlariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinmagan qismi bo‘yicha tatbiq etilishi belgilandi.
Qonun bilan Mehnat kodeksiga “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat majmuida elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etishni, ish haqi saqlanmaydigan ta’til davomiyligini belgilash tartibini va xodimning o‘rtacha ish haqini hisoblash tartibini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar ham kiritilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
To‘xtash talabini bajarmaganlar haydovchilik huquqidan vaqtincha mahrum qilinishi mumkin Farzandini noqonuniy diniy ta’limga jalb qilgan ota-onalar jarimaga tortiladi Qurilish jarayonida chang-to‘zon ko‘tarilishini bartaraf etmagan shaxslar jarimaga tortilishi mumkin Fuqarolar yig‘ini raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi vakolatlar berilishi mumkin
Soʻnggi yangiliklar







