O‘zbekistonda hokimliklarning yuzlab qarorlari haqiqiy emas deb topildi
Ma’muriy sudlar minglab nizolarni ko‘rib chiqdi.

O‘zbekistonda 2025-yil boshidan buyon mahalliy hokimliklarning 340 ta qarori haqiqiy emas deb topildi, deb xabar bermoqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov.
Ma’lumotlarga ko‘ra, soliq organlarining 448 ta, kadastr agentligining 375 ta qarori ham haqiqiy emas deb topilgan. Birinchi yarim yillikda ma’muriy sudlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari bo‘yicha jami 8 587 ta ommaviy nizolar ko‘rib chiqilgan.
Qayd etilishicha, fuqarolarning ma’muriy organlar qarorlari va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari hamda harakatsizligi yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, ularning 3 297 tasi ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilib, qanoatlantirilgan.
Avvalroq davlat organlari va sudlarning noqonuniy xatti-harakatlari uchun kompensatsiya to‘lash boshlanishi haqida xabar berilgandi. Zararni qoplashni Konstitutsiya ta’minlaydi, ammo harakat mexanizmi hali ham mavjud emas.
Izohlar