O‘zbekistonda hokimlar va boshqa mansabdorlar sun’iy intellekt bilan ishlashga o‘rgatiladi
Mamlakatda sun’iy intellektga asoslangan loyihalar sonini 100 taga yetkaziladi.
Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni sun’iy intellekt va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.
Yig‘ilishda qayd etilishicha, mamlakatda sun’iy intellekt asosida 20 dan ortiq loyiha amalga oshirilgan bo‘lsa, alohida tarmoqlar va yirik korxonalarda yana 70 dan ortiq loyiha ishlab chiqildi. Sun’iy intellektga tayyorlik xalqaro indeksida O‘zbekiston 17 pog‘onaga ko‘tarildi.
Shuningdek, yig‘ilishda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov davlat rahbarini kelgusi yil uchun rejalar bilan tanishtirdi.
Xususan, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida “bulutli” ma’lumotlar markazlari ishga tushiriladi. Startaplarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Inha universitetida sun’iy intellekt laboratoriyalari ochiladi.
Bu borada 3000 nafar davlat xizmatchisi, shuningdek, hokimlar va ularning o‘rinbosarlari malaka oshirishi kutilmoqda.
Mas’ul shaxslarga sun’iy intellektga asoslangan loyihalar sonini 100 taga, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini 50 million dollarga yetkazish vazifasi yuklatildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent – Samarqand yuqori tezlikdagi yo‘lovchi temiryo‘lini qurish boshlandi O‘zbekistonda Bojxona kodeksining yangilangan loyihasi ishlab chiqiladi O‘zbekiston sunʼiy intellektga tayyorgarlik indeksida 17 pog‘ona ko‘tarildi Mirziyoyev barcha tadbirkorlarga murojaat qildi Davlat banklari oilaviy tadbirkorlik uchun $1 mlrd kredit jalb qiladi