11 Aprel 2025, 13:55 Oʻzbekiston

Oʻzbekistonda haydovchilar uchun yangi jarimalar paydo boʻldi

Takroriy qoidabuzarlik jarima miqdorini bir necha baravar oshiradi.

Oʻzbekistonda haydovchilar uchun yangi jarimalar paydo boʻldi

Oʻzbekistonda piyodalar yoʻlakchasi va trotuarlarda harakatlanish uchun haydovchilarga yangi jarimalar joriy etildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Endilikda mamlakatda trotuarlar, piyodalar va velosiped yoʻlaklari, ushbu obyektlarga tutash “yashil” hududlar, jamoat transporti uchun ajratilgan yoʻlaklarda harakatlanish uchun jazo qoʻllaniladi.

Birinchi huquqbuzarlik uchun haydovchilar BHMning 1 baravari (375 ming soʻm) miqdorida jarimaga tortiladi. Huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, BHMning 3 baravari (1,1 mln soʻm) miqdorida jarima solinadi.

Mashhur yangiliklar