O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, chang-to‘zonlar kuzatiladi: haftalik prognoz
Sinoptiklar shamol kuchayishini bashorat qilishmoqda.

O‘zbekistonga issiq ob-havo qisqa muddatga qaytadi, keyin yana harorat pasayishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
19-mayda havo kam bulutli va quruq bo‘ladi, harorat 28-33 daraja, janubda 35 darajagacha bo‘ladi. 20 maydan havo harorati ko‘tarila boshlaydi va hafta o‘rtasida kunduz kunlari havo 35-38 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 40-42 darajagacha isiydi.
Ish haftasining oxiriga kelib, navbatdagi salqin havo oqimi harorat fonini 30-32 darajagacha pasaytiradi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 22-23 may kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 22-23-may kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Toshkent shahrida 19-23-may kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat 19 mayda 28-30 daraja, 20-22 mayda 35-38 daraja, 23-mayda 30-32 daraja bo‘ladi. 22-23 mayda shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Izohlar