O‘zbekistonda havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi: 17-iyun kuni ob-havo
Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

17-iyun kuni O‘zbekistonda 40 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda kuchli shamol esishi mumkin, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 23-25°, kunduzi 38-40° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 37-42° bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 37-42° bo‘ladi;
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 39-44° bo‘ladi;
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 37-42° bo‘ladi;
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 39-44° bo‘ladi;
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
Avvalroq o‘zbekistonliklarni dim tunlar va jazirama kuchayishi kutayotgani xabar qilingandi. Havo harorati ba’zi joylarda deyarli 45 darajagacha ko‘tariladi.
Izohlar