O‘zbekiston

O‘zbekistonda harorat 43 darajagacha ko‘tariladi: 16-may kungi ob-havo ma’lumoti

Ba’zi joylarda kuchli shamol bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda harorat 43 darajagacha ko‘tariladi: 16-may kungi ob-havo ma’lumoti

16-may kuni O‘zbekistonda jazirama issiq, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, ayrim hududlarda kuchli shamol bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Toshkentda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 39-41° issiq bo‘ladi.

Viloyatlarda ob-havo quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda:

  • Qoraqalpog‘istonda kechqurun ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° issiq;
  • Xorazmda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat kechqurun Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° issiq;
  • Buxoro va Navoiyda yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 38-43° issiq;
  • Toshkent viloyati, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 36-41° issiq;
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yogʻingarchilik boʻlmaydi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 38-43° issiq;
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 35-40° issiq;
  • tog’ oldi va tog’li hududlarda yog’ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 28-33° issiq bo‘ladi.

Oʻzbekistonda aprel oyida meʼyordan koʻra issiq boʻlgani avval xabar qilingan edi. Eng issiq kunlar oyning uchinchi o’n kunligiga to’g’ri keldi.

Izohlar

Mavzuga oid