4 Aprel 2025, 18:23 Oʻzbekiston

Oʻzbekistonda harbiy xizmatga shartnoma asosida ishga kirish uchun onlayn ariza berish mumkin boʻladi

Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun nomzod shaxsan javobgar boʻladi.

Oʻzbekistonda harbiy xizmatga shartnoma asosida ishga kirish uchun onlayn ariza berish mumkin boʻladi

Oʻzbekistonda YIDXP portalida harbiy xizmatga shartnoma asosida ishga kirish uchun ariza topshirish boʻyicha yangi xizmat ishga tushirildi.

Maʼlumotlarga koʻra, ariza va maʼlumotlar vakolatli organlar tomonidan qonunda belgilangan muddatlarda koʻrib chiqiladi. Natija nomzodga elektron shaklda xabar qilinadi.

Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun nomzod shaxsan javobgar boʻladi. Notoʻgʻri yoki ishonchsiz maʼlumotlar taqdim etilgan taqdirda, nomzod tanlovdan chetlashtirilishi mumkin.

Onlayn ariza topshirish uchun quyidagilar zarur:

  • my.gov.uz portaliga kirib, roʻyxatdan oʻtish;
  • tegishli xizmatni tanlash;
  • shartlar bilan tanishish, kerakli maʼlumotlarni kiritish va “Yuborish” tugmasini bosish.

Mashhur yangiliklar