O‘zbekistonda hafta oxirida qor yog‘ishi mumkin
Harorat kechalari 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, vodiy viloyatlaridan tashqari hududlarda 1-dekabr kuni qor yog‘ishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 30-noyabr —1-dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29—30-noyabrda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 30-noyabrda kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 30 noyabr- 1-dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29—30-noyabrda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 30-noyabrda kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi 1 daraja sovuq-4 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1-dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi va kunduzi 8-13 daraja iliq; 30-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq: cho‘l hududlarda 29-noyabrda kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq; 30-noyabr—1-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1-dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29—30-noyabrda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 30-noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1-dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29—30-noyabrda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq; 30-noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 30-noyabr—1-dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 29-noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq; 30-noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 29—30-noyabrda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29—30-noyabrda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-noyabrda kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq; 30-noyabrda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq; 1-dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.