O‘zbekistonda eng ko‘p bola qayerda tug‘ilmoqda — statistika
Mamlakatning ko‘plab hududlarida demografik o‘sish barqaror yuqori bo‘lib qolmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil boshidan buyon O‘zbekistonda 266 478 ta yangi tug‘ilgan chaqaloq ro‘yxatga olingan bo‘lib, Samarqand viloyati chaqaloqlar soni bo‘yicha yetakchiga aylandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-aprel oylarida Samarqand viloyatida 32 118 nafar chaqaloq tug‘ilgan. Ikkinchi o‘rinda Farg‘ona viloyati bo‘lib, mutaxassislar 30 371 ta yangi tug‘ilgan chaqaloqni qayd etgan.
Kuchli uchlikka Qashqadaryo viloyati ham kirdi — u yerda 29 792 ta yangi tug‘ilgan chaqaloq qayd etildi. Qolgan viloyatlar quyidagicha joylashdi:
- Qoraqalpog‘iston – 11 896 nafar;
- Andijon viloyati – 23 513 nafar;
- Buxoro viloyati – 12 390 nafar;
- Jizzax viloyati – 11 787 nafar;
- Navoiy viloyati – 7 367 nafar;
- Namangan viloyati – 22 843 nafar;
- Surxondaryo viloyati – 24 599 nafar;
- Sirdaryo viloyati – 6 634 nafar;
- Toshkent viloyati – 20 698 nafar;
- Xorazm viloyati – 12 447 nafar;
- Toshkent shahri – 20 023 nafar.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, statistika ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning ko‘plab hududlarida demografik o‘sish barqaror yuqoriligicha qolmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda tug‘ilish kamaygani haqida xabar berilgandi. Ko‘pincha bolalar shaharlarda tug‘iladi.
Izohlar