
Oʻzbekistonda energiya samaradorligi bilan jiddiyroq shugʻullaniladi
Buning uchun butun boshli Milliy agentlik tashkil etiladi.

Oʻzbekistonda Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi Oʻzbekistonda Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi.
27-mart kuni prezidentning “Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Hujjatga koʻra, Vazirlar Mahkamasi huzurida Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi.
Energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ushbu sohada ragʻbatlantirish va taʼsir choralarini ishlab chiqish va tartibga solish Agentlikning asosiy vazifalaridan biriga aylandi.
2025-yil 1-iyuldan boshlab Agentlik tomonidan davlat uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish xarajatlarini qoplash uchun quyosh panellari va quyosh kollektorlari qiymatining 20 foizi hamda issiqlik nasoslari (havo, suv va geotermal) qiymatining 40 foizi miqdorida, biroq BHMning 50 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Bundan tashqari, 1-sentyabrga qadar mamlakatda energiya samaradorligini oshirish boʻyicha raqamli platforma ishga tushiriladi. Agentlik huzurida budjetdan tashqari Energiya samaradorligiga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi. Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun 2025-yil oktyabrgacha energiya samaradorligi texnologiyalarining “yashil” standartlari joriy etiladi.
Soʻnggi yangiliklar







